Premiere Pro va After Effects yopiq boʻlsin. Yuklab olinadigan fayl bitta: GapCut-Mac.dmg.
.dmg faylini ikki marta bosing — oyna ochiladi.
Ichidagi “GapCut oʻrnatish” ustiga sichqonchaning oʻng tugmasi → Open → yana Open. (macOS notanish dasturni birinchi marta shunday soʻraydi; bizda hali Apple imzosi yoʻq.)
U oʻzi yuklab oladi va oʻrnatadi; oxirida “GapCut oʻrnatildi” degan oyna chiqadi.
Premiere Pro va After Effects’ni oching.
Tamom. Yordamchi dastur fonda o‘zi ishlaydi va kompyuter yoqilganda o‘zi ko‘tariladi — hech qanday oyna ochiq turishi shart emas. (Kerak bo‘lsa Start / Stop GapCut.command bilan boshqarasiz.)
Oʻrnatuvchi faqat oʻz fayllarini qoʻyadi: panellar, koʻprik, Montserrat shriftlari, preset shablonlari va rasmiy saytdan yuklanadigan Node. Loyihalaringizga tegmaydi.
2 · Oʻrnatish (Windows)
Yuklab olinadigan fayl bitta: GapCut-Setup.exe.
Premiere Pro va After Effects’ni yoping.
Faylni ikki marta bosing. Windows “Windows protected your PC” desa: More info → Run anyway (imzo hali qoʻyilmagan).
“Keyingi” → oʻrnatish 1–2 daqiqa. Administrator huquqi va internet kerak emas — hammasi fayl ichida.
Premiere: Window → UXP Plugins; After Effects: Window → Extensions.
Oʻchirish: Windows Sozlamalar → Ilovalar → GapCut. Windows versiyasi hozircha kam sinovdan oʻtgan: muammo boʻlsa yozing, tez tuzatamiz.
3 · Akkaunt
Shu saytda roʻyxatdan oʻting va admin tasdigʻini kuting.
Panelda Akkauntga kirish tugmasini bosing — brauzerda kod chiqadi.
Kodni tasdiqlang; panelda akkaunt nomi va limit koʻrinadi.
Kalit sizga kerak emas — transkripsiya server orqali ishlaydi. Videongiz kompyuterdan chiqmaydi: serverga faqat audio yuboriladi.
Matn serverda tayyorlanadi: oʻzbek tili uchun maxsus tanib olish xizmati ishlatiladi — tinish belgilari va bosh harflar oʻzi qoʻyiladi, har bir soʻzning vaqti aniq boʻladi.
Subtitr yaratish. Bir necha soniyada Matn boʻlimida frazalar chiqadi; xato soʻzni shu yerda tuzatasiz.
Dizayn boʻlimida joylashuv va presetni tanlang — kartochkalar animatsiyani koʻrsatadi. Shu yerda shrift, ranglar, oʻlcham va balandlikni moslang.
Timeline’ga qoʻshish. Subtitrlar tepadagi boʻsh video treklarga tushadi.
Soʻzma-soʻz presetlar tayyor MOGRT shablonlari orqali ishlaydi — After Effects oʻrnatilgan boʻlishi shart emas.
5 · GapCut’da kesish
Premiere’da xom kliplar turgan sequence’ning nusxasini oching. Panel: Window → UXP Plugins → GapCut.
Butun sequence, In/Out yoki tanlangan kliplarni belgilang. Toza pauza va keraksiz luqmalarni; Aqlli takroriy dubllarni ham tahlil qiladi.
Natija qayerga: birinchi sinovda Yangi sequenceni tanlang. Bo‘laklarni ko‘rib chiqing, keyin natijani yarating.
Faqat belgilash bo‘laklarni o‘chirmaydi. Shu sequence’da kesish keraksiz bo‘laklarni olib tashlaydi; har ikkisi avval “— asl nusxa” backup sequence yaratadi. Effektlar va audio natijasini tekshiring.
Matn boʻlimida frazani bossangiz, timeline oʻsha soniyaga oʻtadi va layer tanlanadi.
Dizayn boʻlimida preset tanlab, Comp’ga qoʻshish.
Bitta Ctrl+Z (Mac’da Cmd+Z) butun qoʻllashni bekor qiladi. Bekor qilish tugmasi subtitr layerlarini oʻchiradi, matn esa saqlanib qoladi — presetni almashtirib qayta qoʻllashingiz mumkin.
7 · Presetni oʻzingizga moslash
Dizayn boʻlimida matn rangi, faol soʻz rangi, oʻlcham va balandlikni oʻzgartirasiz. Nom yozib Saqlash bosilsa, u Meniki boʻlimida oʻz presetingiz sifatida turadi va ikkala dasturda ham ishlaydi.
8 · Shrift
After Effects: kompyuteringizdagi istalgan shriftni tanlaysiz.
Premiere Pro: uchta tayyor shrift bor — Montserrat ExtraBold, Anton va Archivo Black (uchalasi ham oʻrnatuvchi bilan keladi). Premiere AE’dan kelgan shablon ichidagi shriftni almashtirishga ruxsat bermaydi, shuning uchun har bir preset shu shriftlarda alohida tayyorlangan.
Muammolar
Panel roʻyxatda yoʻq. Dasturni butunlay yopib qayta oching. Premiere yangi versiyani faqat qayta ishga tushgandan keyin koʻradi.
“Yordamchi dastur ishlamayapti”. Kompyuterni qayta yoqing yoki Start GapCut faylini ishga tushiring; keyin panelda Qayta ulanish.
“Akkaunt tasdiq kutmoqda”. Admin tasdiqlagach panel oʻzi ishlay boshlaydi, qaytadan kirish shart emas.
GapCut’da joriy sequence’ni kesish. Avval sequence nusxasida sinang. “Faqat belgilash” bo‘laklarni o‘chirmaydi; “Shu sequence’da kesish” keraksiz bo‘laklarni olib tashlaydi. Ikkalasi ham “— asl nusxa” sequence yaratadi. Natijadagi effektlar va audiolarni tekshiring.
Matnda xato soʻz.Matn boʻlimida tuzatib, qayta qoʻllang — qayta transkripsiya qilish shart emas.